Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Samarqand viloyati boshqarmasi yetakchi mutaxassisi katta miqdorda pora olganlikda gumonlanib qo‘lga olindi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar bermoqda.

Gumonlanuvchi Samarqand tumanidagi fermer xo‘jaliklaridan birida 50 sotix yerni ijaraga olgan fuqaroga nisbatan chora ko‘rmaslik evaziga 3 ming dollar talab qilgan. Tekshiruv shuni ko‘rsatdiki, u tuproq unumdorligiga zarar yetkazgan. Avvalroq yetakchi mutaxassis 500 dollar olgan edi. U qolgan 2,5 ming dollarni olayotgan vaqtda qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi (firibgarlik) va 211-moddasi 1-qismi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi qo‘lga olingan, tergov harakatlari olib borilmoqda.