Samarqandda ikki erkak ukasini o‘ldirgani uchun sudlandi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidov xabar bermoqda.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, jinoyatchilar 29 yoshli ukasini qimor o‘yinlariga qaramlikdan qutqarishga harakat qilishgan. Uni daraxtga bog‘lab, elektr kabellari bilan bir necha marta urib, rosa do‘pposlashgan. Erkak uyga olib kirilganidan keyin vafot etgan.
Akasi Jinoyat kodeksining 138-moddasi 2-qismi “a” bandi (zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) va 104-moddasi 4-qismi “d” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan aybli deb topilib, unga 8 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Ikkinchi ukasi esa olti yil-u olti oyga ozodlikdan mahrum etildi.