Toshkentda yerusti halqa metro liniyasi 1-noyabrdan ish boshlaydi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” axborot xizmati xabar bermoqda.
Rejali profilaktika ishlarini amalga oshirish maqsadida Texnopark—Qipchoq yo‘nalishidagi 14 ta bekat oralig‘ida metro poyezdlari harakati vaqtincha to‘xtatildi. Xalqaro tajribadan kelib chiqib, poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlash va xizmat ko‘rsatishning yuqori sifatini ta’minlash uchun yer usti estakadalari va stansiyalaridan ma’lum muddat foydalanilgandan so‘ng profilaktik tekshiruvlar va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish zarur.
Tadbirlar doirasida yer usti halqa metro liniyasida keng ko‘lamli o‘rganishlar o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etildi. Xususan, yo‘llar tekislandi, eskirgan shpallar almashtirildi, drenaj tizimining holati ko‘zdan kechirildi, chaqiq toshli ballast tekshirildi. Bu ishlarning barchasi yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash va transport infratuzilmasi ishonchliligini oshirishga qaratilgan.
Avvalroq, liniya taxminan 18-oktyabrdan o‘z ishini boshlashi mumkinligi haqida xabar berilgan edi. Biroq, sinov jarayonlarini yanada sifatli yakunlash, shuningdek, poyezdlar harakat tezligini ikki baravar oshirish va poyezdlar orasidagi intervallarni maksimal darajada qisqartirish maqsadida liniya joriy yilning 1-noyabr kuni ochilishi kutilmoqda.
Сейчас поезда на данном участке движутся в тестовом режиме (без пассажиров). После успешного завершения испытаний и полного подтверждения технических параметров линия возобновит обслуживание пассажиров в штатном режиме.