AQSH prezidenti Donald Tramp Isroil parlamentiga tashrifi chog‘ida Isroil va HAMAS harakati o‘rtasidagi urush tugaganini ma’lum qildi. Bu haqda Kommersant’ nashri xabar bermoqda.
Oq uy rahbari harakat qurolsizlanish rejasini bajarishiga ishonch bildirdi.
Bu men uchun katta sharaf. Buyuk va ajoyib kun, yangi boshlanish, — deb yozgan respublikachi Knessetning mehmonlar kitobiga.
G‘azo sektoridagi sulh 10-oktyabr kuni Donald Trampning tinchlik rejasi doirasida kuchga kirdi. HAMAS allaqachon 20 nafar isroillik garovga olinganlarni ozod qilib, Qizil Xoch xodimlariga topshirgan.