13-oktyabr kuni Farg‘onadagi gaz quyish shoxobchasida Damas yonib ketdi. Viloyat FVB holatga oydinlik kiritdi.

Hodisa Oltiariq tumani Beruniy mahallasidagi ESO METAN gaz quyish shoxobchasida sodir bo‘lgan. Metan quyish jarayonida Damas rusumli avtomobil yonib ketgan. Yong‘in natijasida avtomobil kuzovining tashqi qismi qisman shikastlangan.

Yong‘in birlamchi yong‘in o‘chirish vositalari yordamida yonilg‘i quyish shoxobchasi xodimlari va haydovchilar tomonidan tezkorlik bilan bartaraf etilgan. Jabrlanganlar yo‘q. Yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.