Shavkat Mirziyoyev “mahalla yettiligi” xodimlari ishini baholash tizimini joriy etish, shuningdek, yil davomida o‘zini yaxshi ko‘rsatgan xodimlarni rag‘batlantirishni taklif qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mamlakat yetakchisining ta’kidlashicha, “yettilik” xodimlari ish vaqtining yarmini tadbir va uchrashuvlarda o‘tkazadi. Shuningdek, prezident “mahalla yettiligi”ning 1 700 nafar a’zosi mahallalardan 20-30 km uzoqlikdagi ish joylariga borishga majbur bo‘layotgani, buning oqibatida 2024-yil davomida 68 nafar xodim bir necha oy davomida birlashgan mahallaga bormagani haqida gapirdi.

Shu bois davlat rahbari mahallalarda “yettilik”ning umumiy ish samaradorligini baholash, xodimlar uchun aniq vazifa va samaradorlik ko‘rsatkichlarini belgilash tizimi yo‘qligini ta’kidlab, shunday tizimni joriy etishni taklif qildi. Xususan, yil davomida o‘zini yaxshi ko‘rsatgan tuman hokimlarini mukofotlar bilan taqdirlash va rag‘batlantirish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, endilikda har bir yo‘nalish bo‘yicha alohida yig‘ilish o‘tkazish taqiqlanadi.