O‘zbekistonda “Eng yaxshi soliq to‘lovchi mahallalar” reytingi shakllantiriladi. Bu haqda prezident mahallalarni rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilishda aytib o‘tdi.

Top-100 talikka kirgan mahallalarning infratuzilma xarajatlarining 75 foizi davlat tomonidan qoplab beriladi. Ushbu tumanlarning har biriga 2 milliard so‘mdan qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi.

Qonunchilik palatasi deputatlariga o‘z mahallasi infratuzilmasini yaxshilash uchun 3 milliard so‘mdan ajratiladi.

Mahallalarda sanitariya, ekologiya va noqonuniy qurilishlar uchun jarimalarning 10 foizi mahalla byudjetiga yo‘naltiriladi. 2026-yildan boshlab har yili mahalla byudjetiga 200 milliard so‘m yo‘naltiriladi.