Hukumat belgilangan muddatdan oldin pensiya olish huquqini beradigan kasblar va lavozimlar ro‘yxatini tasdiqladi.

Quyidagilar muddatidan oldin pensiyaga chiqish huquqiga ega:

  • konchilik tarmog‘i xodimlari (ish staji 20 yildan ortiq);
  • yer osti va ochiq kon ishlari xodimlari (25 yoshdan boshlab);
  • uchuvchilar va uchuvchi-sinov tarkibi (erkaklar — 25 yoshdan, ayollar — 20 yoshdan);
  • teatrlar, balet, sirk artistlari (toifaga qarab — 20 yildan 30 yilgacha ijodiy stajga ega bo‘lgan);
  • professional sportchilar (20 yoshdan boshlab);
  • ruhiy kasalliklar shifoxonalarining tibbiyot xodimlari va boshqalar.

To‘liq ro‘yxat bilan havola orqali tanishish mumkin. Shuningdek, imtiyozli pensiya quyidagilarga beriladi:

  • urush nogironlariga;
  • bolalikdan nogironligi bo‘lgan bolalarning onalariga;
  • liliputlar va pakanalarga.

Kasbga qarab pensiya quyidagicha rasmiylashtirilishi mumkin:

  • yoshini hisobga olmagan holda;
  • 10 yil oldin;
  • 5 yil oldin.

Bundan tashqari, endi korxonalar ushbu ro‘yxatga o‘zgartirishlar kiritishni taklif qilishlari mumkin — mehnat sharoitlari va jarohatlanish xavfi darajasiga qarab.