O‘zbekistonda nikoh shartnomasining afzalliklarini targ‘ib qilishni boshlash rejalashtirilgan. Bu haqda prezident mahallalarni rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilishda aytib o‘tdi.

Davlatimiz rahbari ajrimlar soni ortib borayotgani, oilalar buzilganidan keyin bolalarning ahvoli og‘ir bo‘layotganiga e’tibor qaratdi. Yil boshidan buyon 32 mingga yaqin oila ajrashgan, 16 ming ota-ona aliment to‘lashdan bosh tortmoqda. Shunday holatlar uchraydiki, erlar o‘z oilalari va farzandlarini qarz majburiyatlari bilan qoldiradi.

Erta turmush va yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarning salbiy oqibatlari hokimlar, “mahalla yettiligi”, nuroniylar va butun jamoatchilikni jiddiy tashvishga solishi kerak.

Shavkat Mirziyoyev yoshlarga oila qurish — bu nafaqat shaxsiy qaror, balki turmush o‘rtog‘i va farzandlari oldidagi katta mas’uliyat ekanini tushuntirish zarurligini ta’kidladi.

Prezident ajrim holatida tomonlarning, ayniqsa, bolalarning moddiy ahvoli og‘ir bo‘lishining oldini olish uchun nikoh shartnomasi tuzish va uning afzalliklarini targ‘ib qilish kerakligini ta’kidladi.