14-oktyabr kuni Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Yetakchilar O‘zbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish nuqtai nazaridan yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalarini ko‘rib chiqdi.

Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning asosiy ko‘rsatkichlari o‘sish sur’atini saqlab qolish, shuningdek, ikki mamlakat hududlari darajasidagi kooperatsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratildi.

Gumanitar hamkorlik, eng avvalo, madaniyat, san’at va ta’lim, shu jumladan muhandislik kadrlarini tayyorlash sohalarida kengayib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.