14-oktyabr kuni Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida gaz qisman o‘chiriladi. Bu haqda Hududgaz Poytaxt matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mutaxassislar rejalashtirilgan ta’mirlash ishlarini olib boradi. Shu munosabat bilan soat 10:00 dan 18:00 gacha quyidagilar gazsiz qoldiriladi:

  • “Buyuk Ipak Yo‘li” mahallasi aholisi.