14-oktyabr kuni Toshkentda KIA va Tracker-2 avtomobillari to‘qnashdi. Bu haqda YHXB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, voqea Yunusobod tumani Rixsiliy va Uch Qahramon ko‘chalari chorrahasida sodir bo‘lgan. KIA va Tracker-2 avtomobillari to‘qnashib ketishi oqibatida KIA rusumli yengil avtomobil qatnov qismining o‘rtasida ag‘darilib ketgan. YTH davomida hech kim jabrlanmagan.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari holat yuzasidan surishtiruv ishlarini boshlagan. Boshqarma haydovchilarga yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish, yo‘lda ehtiyotkor va e’tiborli bo‘lish zarurligini eslatdi.