15-oktyabrda O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda O‘zgidromet prognozida aytiladi.

Havo harorati kunduzi 22-32°, janubda 32° gacha, shimolda 27° gacha bo‘ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat kunduzi 26-28° bo‘ladi. Tog‘li hududlarda 18-23°, yog‘ingarchilik kutilmaydi.