Ijtimoiy tarmoqlarda matematika olimpiadasining respublika bosqichi savollari “sizib chiqqani” haqida xabarlar tarqaldi. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi holat yuzasidan izoh berdi.

Mazkur olimpiada savollari Fan olimpiadalari markazi tomonidan tuzilgan bo‘lib, markazlashgan holda har bir hududda e’lon qilib boriladi. Shu munosabat bilan hududlarda MMTBda tashkil etilgan shtablarda savollarni chop etish jarayonida ayrim xodimlar o‘z vazifalariga mas’uliyatsizlik bilan yondashgan. Natijada materiallar sizib chiqdi.

Hozirda ushbu hodisaga aloqador shaxslar aniqlanmoqda va javobgarlikka tortiladi. Ish bo‘yicha tekshiruv boshlandi.

Matematika fanidan Asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichi har bir sinf (9-10-11-sinflar) uchun yangidan o‘tkaziladi. Fan olimpiadalari markazi barcha bosqichlarning shaffof, adolatli va xolis o‘tkazilishidan manfaatdor. Agar sizga pul evaziga olimpiadaning savol-javoblari taklif qilinsa, darhol Olimpiadalar markazining maxsus botiga yoki +998 71 207 05 24 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingizni so‘raymiz, — deyiladi xabarda.