Markaziy bank O‘zbekistonda xorijiy valyutalarning yangilangan qiymatini taqdim etdi.

Regulyator ma’lumotlariga ko‘ra, barcha kotirovkalar narxi oshgan. 16-oktyabr kungi asosiy kurslar quyidagicha bo‘ladi:

  • AQSH dollari — 12 233,67 so‘m;
  • Yevro — 14 233,88 so‘m;
  • Rossiya rubli — 154,84 so‘m.

Shuningdek, Markaziy bank 15-oktyabr uchun oltin o‘lchov quymalari narxini yangiladi: ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy bankining 1 gramm oltini 1 683 380 so‘mni tashkil etadi. Quyida o‘lchovli quymalarning kotirovkalari keltirilgan:

  • 5 gramm — 8 417 000 so‘m;
  • 10 gramm — 16 834 000 so‘m;
  • 20 gramm — 33 668 000 so‘m;
  • 50 gramm — 84 169 000 so‘m;
  • 100 gramm — 168 338 000 so‘m.