2025-yilning yanvar-avgust oylarida 20,7 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi o‘qish maqsadida xorijga chiqib ketgan. Bu haqda Statistika qo‘mitasi ma’lumotlarida keltirilgan.
Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davri bilan solishtirilganda 5,1 ming nafarga yoki 24,6% ga kamaygan.
O‘zbekistonliklar qaysi davlatlarga ko‘proq safar qilgan:
- Tojikiston — 5 270 ta;
- Rossiya — 4 649 ta;
- Qirg‘iziston — 3 064 ta;
- Koreya — 2 309 ta;
- Turkiya — 1 538 ta;
- Qozog‘iston — 874 ta;
- Xitoy — 797;
- Buyuk Britaniya — 567;
- Germaniya — 285;
- AQSH — 256.
Eslatib o‘tamiz, 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab 9 va 11-sinf o‘quvchilari uchun yagona davlat imtihonlari joriy etiladi, ular asosida o‘quvchilar o‘z qobiliyatlarini hisobga olgan holda kasb-hunar yoki oliy ta’limga yo‘naltiriladi.