Qashqadaryo viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish natijasida fermer xo‘jaligiga katta zarar yetkazildi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” axborot xizmati xabar bermoqda.

Organ ma’lumotlariga ko‘ra, fermer xo‘jaligida suv nasoslari o‘zboshimchalik bilan elektr tarmog‘iga ulangan. Davlatga yetkazilgan zarar 2 mlrd 477 mln so‘mni tashkil etgan.

Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda “Davlat suv kadastri” tizimi joriy etiladi. U turli idoralardagi ma’lumotlarni yagona bazaga birlashtirishi, axborot almashinuvini soddalashtirishi lozim.