Quyoshda so‘nggi to‘rt oy ichida ikkinchi eng kuchli chaqnash qayd etildi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Olimlar 15-oktyabr kuni quyosh chaqnashlari kuchi bo‘yicha ko‘p oylik cho‘qqini kutishmoqda. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, yulduzning fon nurlanishi uzluksiz o‘sib bormoqda, u bir sutkada to‘rt baravar oshgan va M darajasiga yaqinlashmoqda.

Quyosh chaqnashlari rentgen nurlarining quvvatiga qarab besh sinfga bo‘linadi: A, B, C, M va X.