“Bunyodkor” tarbiyalanuvchisi Sadriddin Hasanov The Guardian talqiniga ko‘ra jahon futbolidagi eng yaxshi 60 nafar yosh iqtidorlar ro‘yxatiga kiritildi.

Ro‘yxatga 2008-yilda tug‘ilgan futbolchilar kiritilgan. Shuningdek, unda “Barselona”, “Ayaks”, “Portu”, “Benfika” va “Borussiya Dortmund” futbolchilari ham bor.

U-17 Osiyo Kubogi finalida Saudiya Arabistoniga qarshi o‘yinda O‘zbekiston 9 kishi bo‘lib qolganida aynan Sadriddin Hasanov gol urib, jamoaga yordam bergandi. Unda O‘zbekiston 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Musobaqa yakunlariga ko‘ra, Hasanov musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Chap qanotdan markazga o‘tishni yaxshi ko‘radi, tezkor, kuchli va gol urish qobiliyatiga ega, — deyiladi xabarda.