Slovakiya O‘zbekiston fuqarolari uchun milliy viza olish tartibini soddalashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda “Dunyo” xabar bermoqda.

Bratislavada ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida ilk konsullik maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi. Tomonlar viza tartib-taomillarini soddalashtirish, mehnat migratsiyasi, shuningdek, konsullik ma’lumotlarini almashish masalalarini muhokama qildi.

Uchrashuv yakunida Slovakiya tomoni milliy vizalarni olish tartibini soddalashtirish, xususan, arizalarni ko‘rib chiqish muddatini uch oydan bir oygacha qisqartirish imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdi, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, tomonlar Slovakiya Migratsiya agentligini Volvo zavodida ishlash uchun O‘zbekistondan mehnat migrantlarini jalb qilish istiqbollari, shuningdek, ular uchun slovak tilini o‘rganish kurslarini tashkil etish rejalari haqida xabardor qilishga kelishib oldi.

Tegishli tuzilmalar mehnat migratsiyasi, readmissiya, migratsiya va mobillikni tartibga solish bo‘yicha ikki tomonlama bitimlar ustida ish olib boradi.