Toshkentda metroda yigit qizga tegajog‘lik qildi. Bu haqda jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudining qarorida aytiladi.

Hodisa 20-sentyabr kuni “Paxtakor” bekatida metro poyezdi vagonida sodir bo‘lgan. 23 yoshli yigit fuqaroning pastki qismiga qo‘lini tekkizgan. Sud majlisida yigit qilgan ishidan pushaymon bo‘lib, bunday holat boshqa takrorlanmasligini aytdi.

U Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi (Jinsiy tegajog‘lik) 1-qismi bilan aybdor deb topilib, 5 sutkaga qamaldi.