15-oktyabr kuni Toshkentning ayrim hududlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” axborot xizmati xabar bermoqda.

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, joylardagi mutaxassislar gaz tarmoqlarida rejali ta’mirlash ishlarini olib boradi. Shu munosabat bilan gazsiz:

  • Sergeli tumani — Nomdanak mahallasi (10:00 dan 17:00 gacha);
  • Mirzo Ulug‘bek tumani — Chingeldi mahallasi (soat 10:00 dan 18:00 gacha).

Ta’mirlash ishlari yakunlangach, gaz ta’minoti to‘liq tiklanadi. Vaqtinchalik noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raldi.