Toshkentda Shayxontohur tumani prokuraturasi rahbari o‘zgardi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ushbu lavozimga Usmonov Akmal Ahmedovich tayinlandi. Tayinlovga qadar Usmonov Shayxontohur tumani prokurori vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlagan. U bu lavozimda 2025-yil iyul oyida Toshkent prokurori vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan Anvar Urmanov o‘rnini egalladi.
Akmal Usmonov 1986 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan. Toshkent davlat yuridik instituti va Huquqni muhofaza qilish akademiyasini tamomlagan. Tayinlovga qadar Akmal Ahmedovich Toshkent shahar prokuraturasida faoliyat yuritgan.