Ijtimoiy tarmoqlarda maktab direktori intim ish taklif qilgani aks etgan audio tarqaldi. MMTB hodisaga izoh berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Ko‘kdala tumanidagi 17-maktab direktori, deputat lavozimida ham ishlaydigan shaxs ayolga ish topib berish evaziga jinsiy aloqa qilishni taklif qilgan. Tuman MMTB xodimlari vaziyatni o‘rganib, direktorni ishdan bo‘shatdi.
Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi pedagog nomiga dog‘ tushiradigan har qanday salbiy xatti-harakatlarni qoralab, bunday shaxslarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilishini ma’lum qildi.