O‘zbekiston maktablarida kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanadi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Amaldagi tartibga ko‘ra, joriy o‘quv yilida umumta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanib, 9-noyabrga qadar davom etadi.

Umumta’lim muassasalarida ikkinchi chorak 10-noyabrdan boshlanadi.