2025-yil boshidan buyon o‘zbekistonliklar 158,7 trillion so‘m soliq to‘lagan. Bu haqda Soliq qo‘mitasi ma’lumotlarida keltirilgan.
Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davri bilan solishtirilganda 18% ga oshgan. Soliqlarning barcha asosiy turlari bo‘yicha o‘sish hukumatning yashirin iqtisodiyotga qarshi faol kurashi bilan bog‘liq.
Bunda, foyda solig‘i 35,4 trln so‘mni va qo‘shilgan qiymat solig‘i 32,5 trln so‘mni tashkil etib, eng yuqori ulushga ega bo‘ldi. Keyingi o‘rinda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i tushumlari — 30,3 trln so‘m bo‘lib, bu ham 2024-yilning shu davriga nisbatan 19 foizga oshgan.
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqlar 16 trln so‘mni tashkil etib, 24 foizga, aksiz solig‘i bo‘yicha 14,4 trln so‘mga oshdi. Qolgan soliqlar quyidagicha bo‘ldi:
- davlat bojlari, yig‘imlar va jarimalar bo‘yicha soliqlar — 13,8 trln so‘m;
- yer solig‘i — 7,2 trln so‘m;
- mol-mulk solig‘i — 6 trln so‘m,
- aylanmadan olinadigan soliq — 2,4 trln so‘m,
- suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va soliq bo‘lmagan tushumlar — 0,7 trln so‘m.
Hududlar bo‘yicha soliq tushumlarining o‘rtacha o‘sishi to‘qqiz oyda 27 foizni, uchinchi chorakda esa 30 foizni tashkil etdi. Shu bilan birga, Navoiy viloyati — foydaning 86 foizi, Farg‘ona — 39 foizi, Toshkent — 33 foizi va Sirdaryo viloyati — 32 foizi soliq to‘lash bo‘yicha yetakchi bo‘ldi.