Toshkentda ilk bor Shota Rustaveli ko‘chasida ishga tushirilgan BRT tezyurar avtobus harakati tizimi 10 ga yaqin yo‘nalishni qamrab oladi. Bu haqda shahar hokimi Shavkat Umurzoqovning taqdimot marosimida aytib o‘tildi.
Shavkat Mirziyoyev 15-oktyabr kuni Shota Rustaveli ko‘chasining rekonstruksiya qilingan qismini borib ko‘rdi. Taxminan 7 km uzunlikdagi uchastkada amalga oshirilgan loyihaning qiymati 19,2 million dollarni tashkil etdi.
Toshkent hokimi prezidentga BRT tarmog‘ini 2030-yilgacha kengaytirish loyihasini taqdim etdi. U to‘qqizta yo‘nalishni qamrab oladi.
- Birinchi bosqich:
- Shota Rustaveli ko‘chasi;
- Shahrisabz ko‘chasi (Shota Rustaveli ko‘chasining davomi);
- Amir Temur xiyoboni;
- Yangi Sergeli ko‘chasi.
- Ikkinchi bosqich:
- Maxtumquli ko‘chasi;
- Mirzo Ulug‘bek—Feruza—Yuzrabot ko‘chalari.
- Uchinchi bosqich:
- Lutfiy va Muqimiy ko‘chalari;
- Nurafshon ko‘chasi.
- To‘rtinchi bosqich:
- Qoratosh—Ko‘kcha darvoza ko‘chalari;
- Kichik halqa avtomobil yo‘li—Parkent ko‘chasi.
Loyihaning umumiy qiymati 110 mln dollarga baholanmoqda. Butun liniyaning uzunligi 57,5 km ni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi Shota Rustaveli ko‘chasining yangilangan qismini ko‘zdan kechirgandi. Prezident avtobusga o‘tirib, Bus Rapid Transit`ning yangi ajratilgan yo‘laklar tizimini sinovdan o‘tkazgan.