Toshkentda festival o‘tkazilishi munosabati bilan transport vositalari harakati to‘xtatiladi. Bu haqda Mirobod tumani hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’muriyat ma’lumotlariga ko‘ra, Taras Shevchenko ko‘chasida gastronomik va ko‘ngilochar festival o‘tkazilishi munosabati bilan:
- Taras Shevchenko ko‘chasining Fidokor ko‘chasi bilan kesishmasidan Nukus ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan qismi;
- Sayyid Baraka ko‘chasining Oybek ko‘chasi bilan kesishmasidan Amir Temur shoh ko‘chasigacha bo‘lgan qismi 16 oktyabr soat 16:00 dan 20-oktyabr soat 07:00 gacha barcha transport vositalari harakati uchun yopiladi.
Ko‘rsatilgan davrda muqobil yo‘nalishlardan foydalanish tavsiya etiladi. Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun fuqarolardan uzr so‘raldi.