16-oktyabr kuni Toshkentning Yangihayot va Mirobod tumanlarining ayrim joylarida gaz o‘chiriladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” axborot xizmati xabar bermoqda.

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, gaz ta’minotidagi uzilish rejali ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq. Quyidagi mahallalarda soat 10:00 dan 16:00 gacha gaz ta’minoti to‘xtatiladi:

  • Mirobod tumani — 10:00 dan 18:00 gacha, Mehrjon mahallasi;
  • Yangihayot tumani — soat 10:00 dan 18:00 gacha, Mash’al mahallasi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raldi.

Eslatib o‘tamiz, 2025-yil sentyabr oyida 219 ta holatda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan. Oy davomida 9,4 mln kub metr gaz (28,3 mlrd so‘m) va 33,6 mln kVt/soat elektr energiyasi (52 mlrd so‘m) talon-toroj qilingan.