Xalqaro futbol federatsiyasi FIFA jahon terma jamoalari reytingini yangiladi.
Tashkilot ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 1452,34 ball bilan bir pog‘ona pastlab, 55-o‘rinni egalladi. Bir oy avval milliy terma jamoa 1453,31 ball bilan 54-o‘rinda qayd etilgandi.
Osiyo futbol konfederatsiyasi reytingida O‘zbekiston milliy terma jamoasi hamon 6-o‘rinni egallab turibdi. Jahon reytingida Ispaniya, Argentina va Fransiya terma jamoalari yetakchilik qilmoqda.