Markaziy bank O‘zbekistonda xorijiy valyutalarning yangilangan qiymatini taqdim etdi.

Regulyator ma’lumotlariga ko‘ra, iyendan tashqari barcha kotirovkalar arzonlashgan. 20-oktyabr kungi asosiy kurslar quyidagicha bo‘ladi:

  • AQSH dollari – 12 108,24 so‘m;
  • Yevro – 14 169,06 so‘m;
  • Rossiya rubli – 149,10 so‘m.

Shuningdek, Markaziy bank 17-oktyabr uchun oltin o‘lchov quymalari narxini yangiladi: ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy bankining 1 gramm oltini 1 760 130 so‘mni tashkil etadi. Quyida o‘lchovli quymalarning kotirovkalari keltirilgan:

  • 5 gramm – 8 801 000 so‘m;
  • 10 gramm – 17 601 000 so‘m;
  • 20 gramm – 35 203 000 so‘m;
  • 50 gramm – 88 007 000 so‘m;
  • 100 gramm – 176 013 000 so‘m.