O‘zbekistonda “Reklama to‘g‘risida”gi qonunga mikrokreditlarga ta’sir ko‘rsatadigan o‘zgartirishlar loyihasi ishlab chiqilmoqda. Bu haqda Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tuzatishlarga muvofiq, reklama vaqti yoki maydonining kamida 10 foizi ortiqcha qarzdorlikning ehtimoliy oqibatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ajratilishi kerak. Tashabbus aholining moliyaviy savodxonligini oshirish va mas’uliyatli qarz olish madaniyatini shakllantirishga qaratilgan.

Shuningdek, fuqarolardan har qanday kreditni rasmiylashtirishdan oldin o‘z moliyaviy imkoniyatlarini sinchkovlik bilan baholab, shartlari, foiz stavkalari va to‘lov majburiyatlarini o‘rganib, kelgusida qarzdorlik muammosiga duch kelmaslik so‘raldi.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Markaziy bank bilan birgalikda kredit tashkilotlariga mikroqarzlar va iste’mol kreditlari reklamasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan moliyaviy xatarlar to‘g‘risida ogohlantirishlarni joylashtirish majburiyatini yuklashni taklif qildi.