17-oktyabrda O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Havo harorati kunduzi 20-30 daraja, janubda 30 darajagacha, shimolda 25 darajagacha bo‘ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat kunduzi 25-27° bo‘ladi. Tog‘li hududlarda 18-23°, yog‘ingarchilik kutilmaydi.