Toshkentda sayyohlik va gastronomik ko‘chalarni ko‘paytirishmoqchi, buning uchun 1 trln so‘m ajratiladi. Bu haqda shahar hokimi Shavkat Umurzoqov “O‘zbekiston 24” efirida ma’lum qildi.
Shahar hokimining so‘zlariga ko‘ra, sayyohlik va gastronomik ko‘chalar shahar aholisi tomonidan “juda yaxshi va ijobiy qabul qilingan”, shu sababli hokimiyat ularning sonini ko‘paytirishga qaror qilgan. Xususan, 24 km uzunlikdagi tunu kun ishlaydigan ko‘chalar qurilishi rejalashtirilgan.
Qayd etilishicha, bu 20-30 mingga yaqin yangi ish o‘rinlarini yaratishi kerak. Shavkat Umurzoqov 2026-yilda mahalliy byudjetdan mahallalarni obodonlashtirish, gastronomik ko‘chalar qurish va sug‘orish tizimlarini yangilashga 1 trillion so‘m ajratish rejalashtirilganini aytdi.
Toshkent hokimi sifatida tarixiy farmonlar imzolandi, deb hisoblayman. Prezident tomonidan ochilgan loyihalarning amalga oshirilishi barcha poytaxt aholisi uchun sezilarli ta’sir ko‘rsatadi va 100 mingdan ortiq ish o‘rni yaratish imkonini beradi, — dedi Shavkat Umurzoqov.