Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda bir avtomobil ikkinchisining ustiga chiqib qolgani aks etgan YTH videosi paydo bo‘ldi. Poytaxt YHXB holat yuzasidan izoh berdi.

Videodagi kadrlarga ko‘ra, Chery avtomobili svetoforda keskin burilib, Cobalt bilan to‘qnashuvdan qochishga uringan, tezlikni keskin oshirib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan Malibu-2 tomini kesib o‘tgan.

Yo‘l-transport hodisasi natijasida hech kim jabrlanmadi. Hozirda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, hodisaning barcha tafsilotlari aniqlanmoqda.