2030-yilgacha Toshkentda BRT tizimi avtobuslari uchun qariyb 51 km alohida yo‘laklar quriladi Bu haqda poytaxt hokimining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Haydarov “O‘zbekiston 24”ga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Bundan tashqari, shaharga kirish va chiqish joylaridagi postlar ko‘chiriladi. Ushbu taklif prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ma’qullandi. Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Rahmonov ham BRT loyihasining umumiy uzunligi 50,6 km bo‘lishini ma’lum qildi. Uni 10 ta ko‘chada ishga tushirish rejalashtirilgan bo‘lib, tizim Shota Rustaveli ko‘chasi tajribasini hisobga olgan holda yaratiladi.
Kelgusi 5 yil ichida BRT tizimi quyidagi ko‘chalarda paydo bo‘ladi:
- Shota Rustaveli (5,1 km);
- Shahrisabz (3,2 km);
- Amir Temur (5,7 km);
- Yangi Sergeli (5,3 km);
- Maxtumquli (1,3 km);
- Mirzo Ulug‘bek — Feruza — Yuzrabot (10,4 km);
- Lutfiy va Muqimiy (5,9 km);
- Nurafshon (3,7 km);
- Qoratosh — Ko‘kcha Darvoza (4 km);
- Alisher Navoiy — Beruniy (6 km).
Qiymati 126 million dollar bo‘lgan loyiha 2030-yilga borib 1,14 million yo‘lovchini qamrab olish imkonini beradi. Avtobuslarning o‘rtacha tezligi 18 km/soatdan 23 km/soatgacha oshirilishi, intervallar 20 daqiqadan 8−10 daqiqagacha qisqarishi, markazgacha yetib borish vaqti 45 daqiqadan 34 daqiqagacha qisqarishi kerak.