Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb 30-31-oktyabr kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
31-oktyabr kuni Stubb O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashadi. Tomonlar mamlakatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar, geosiyosat va uning Yevropa va Markaziy Osiyo uchun mintaqaviy oqibatlarini muhokama qiladi.
Bundan tashqari, Ukrainadagi urush bilan bog‘liq masalalar va ko‘p tomonlama tizimni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hamkorlik muhokama qilinadi.
Shuningdek, Finlyandiya prezidenti biznes-seminarda ishtirok etadi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida ma’ruza o‘qiydi, tashqi siyosat sohasidagi ekspertlar bilan uchrashadi.