O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va musiqa fani o‘qituvchilariga sertifikat beriladi. Bu haqda hukumat qarorida aytilgan.
2025/2026 o‘quv yilidan boshlab “Musiqa madaniyati” va “Jismoniy tarbiya” fanlari o‘qituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini baholashning milliy tizimi joriy etiladi.
Milliy attestatsiya quyidagi tartibda o‘tkaziladi:
- birinchi bosqichda — Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan test sinovlarini o‘tkazish;
- ikkinchi bosqichda — Madaniyat vazirligi va Sport vazirligi tomonidan amaliy (ijodiy) sinovlarni o‘tkazish.
Test natijalari Rash modeli asosida hisoblanadi. A+, A, V+, V, C+, C baholash sertifikatlari elektron shaklda uch yil muddatga beriladi. B+ va undan yuqori darajadagi sertifikat olgan o‘qituvchining oylik ish haqiga qonunchilikda belgilangan tartibda ustama haq to‘lanadi.