Navoiy viloyatida Qiziltepa tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i katta miqdorda pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar bermoqda.
Gumonlanuvchi YIDXP orqali kelib tushgan murojaat asosida savdo va maishiy xizmat majmuasining yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risida ijobiy xulosa berish evaziga 3 ming AQSH dollari talab qilgan.
Amaldor xizmat xonasida pul olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 1-qismi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi qamoqqa olingan.