O‘zbek nonlari dunyodagi eng yaxshi 50 ta non turi ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda CNN Travel portali reytingida aytilgan.

To‘plam mualliflarining ta’kidlashicha, gullar, naqshlar va shtamplar bilan bezatilgan o‘zbek dumaloq nonlari an’anaviy tandirlarda tayyorlanadi. Shu bilan birga, non mintaqaga qarab farq qiladi: Toshkent cho‘ziluvchan variantlaridan tortib Samarqand nonlarigacha.

Nonlar tandirdan chiqarilishi bilanoq bozor va kafelarga issiq non olib boruvchi kuryerlar qo‘liga topshiriladi, — deya qo‘shimcha qildi mualliflar.