O‘zbekistonda Telegram-kanal muallifi qo‘shimchalar reklamasi uchun qo‘shiqchi Jennifer Lopes obrazidan foydalangani uchun jazolandi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda “Jenniferni Xorazmga jalb qilish uchun bizning dietologimiz…” sarlavhasi ostida e’lon qilingan xabar yuzasidan qo‘mitaning Xorazm viloyati boshqarmasiga murojaat kelib tushdi.
Qo‘mitaning maxsus komissiyasi reklamaning chalg‘ituvchi xususiyatga ega bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida xulosaga keldi va Telegram kanal ma’muriga nisbatan “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning buzilishi fakti bo‘yicha ish qo‘zg‘atdi. Ish materiallari ma’muriy chora ko‘rish uchun sudga topshirildi.