Bokuda 13-19 oktyabr kunlari o‘smirlar o‘rtasida ITF World Tennis Tour Juniors J30 Baku xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi. Musobaqa doirasida Yevropa va Osiyoning o‘ndan ortiq davlatidan eng kuchli o‘yinchilar ishtirok etdi.
O‘zbekistonlik tennischilar yakkalik va juftlik bahslarida ajoyib natijalar ko‘rsatib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Yakkalik bahslarida o‘zbekistonlik Mahmudbek Beknazarov turnirning to‘liq yo‘lini ishonchli bosib o‘tdi va finalda Belarus vakili Nikita Davidovskini 6:2, 4:0 hisobida mag‘lub etib, chempion bo‘ldi. Bungacha sportchi ketma-ket Rossiya, Ruminiya va Gruziyadan kelgan raqiblarini mag‘lub etib, birinchi raqamli turnir maqomini tasdiqladi.
Juftlik bahslarida ikkinchi raqam ostida saralangan o‘zbekistonlik Amir Safayev va Asilbek Ismoilov juftligi g‘olib bo‘ldi. Hal qiluvchi o‘yinda ular belaruslik Artsiom Askirk va Mark Xaydt juftligini 6:3, 0:6 hisobida mag‘lub etishdi [10-7].