O‘zbekistonliklarni ish haftasi davomida iliq va bulutsiz ob-havo kutmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 23-28° bo‘ladi, bu o‘rtacha iqlimiy me’yordan 4-6° ga yuqoridir.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Keyingi kunlarda harorat kechasi 10-13°, kunduzi 24-28° atrofida bo‘ladi.