19-oktyabr kuni noma’lum shaxslar yetti daqiqa ichida Luvr muzeyidan Napoleon Bonapartga tegishli zargarlik buyumlari va boshqa qimmatbaho eksponatlarni olib chiqishdi. Bu haqda AFP News xabar bermoqda.
O‘g‘irlik 1911-yilda “Mona Liza” o‘g‘irlanganidan beri eng katta o‘g‘irlik bo‘ldi. Prokuratura “uyushgan o‘g‘irlik” va “jinoiy til biriktirish” moddalari bo‘yicha tergov boshlanganini ma’lum qildi. Operatsiyada madaniy boyliklarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashishga ixtisoslashgan bo‘linma ishtirok etmoqda.
Qaroqchilar to‘rt kishi edi. Ular niqobda harakat qilib, skuterlarda jinoyat joyidan qochib ketishgan. Zarar miqdori aniqlashtirilmoqda. Fransiya madaniyat vaziri Rashida Dati TF1 telekanaliga bergan intervyusida o‘g‘irlangan buyumlardan biri — Napoleon III ning rafiqasi imperator Yevgeniyaga tegishli bo‘lgan XIX asr toji muzey yaqinida singan holda topilganini aytdi.