Rossiyada Davlat dumasi migrantlarga alkogol va giyohvand moddalar ta’sirida haydash uchun vaqtinchalik yashash ruxsatnomasini berishni rad etish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini kiritishni rejalashtirmoqda. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

“Adolatli Rossiya — haqiqat uchun” partiyasi rahbari Sergey Mironov alkogol, giyohvand moddalar yoki boshqa toksik moddalar ta’sirida transport vositasini boshqarganligi uchun migrantlarni Rossiyada vaqtincha yashash ruxsatnomasidan mahrum qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini Davlat dumasiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi. Tashabbus hammuallifi Davlat Dumasi deputati Fedot Tumusov bo‘ldi.

Xususan, “Rossiya Federatsiyasida chet el fuqarolarining huquqiy holati to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirishlar kiritish, mamlakatda vaqtincha yashash uchun ruxsatnomani berishni rad etish yoki bekor qilish uchun asoslar ro‘yxatini kengaytirish taklif qilinmoqda.

Hujjat bilan Rossiya hududida yoki uning tashqarisida transport vositasini alkogolli ichimlikdan, giyohvand modda ta’siridan yoki boshqa toksik modda ta’siridan mast holda boshqarish holatlari ro‘yxatini to‘ldirish taklif qilinmoqda.