2025-yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 13,9 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank sharhida aytiladi.

Bu ko‘rsatkich 2024-yilning shu davriga nisbatan 24 foizga ($2,7 mlrd), 2023-yilga nisbatan esa 66 foizga ($5,5 mlrd) oshgan.

O‘zbekistondan 1,9 milliard dollar o‘tkazildi — bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 127 million dollarga kam.