Toshkentda “Toza hudud” va “Toza poytaxt” loyihalari doirasida shtab ish boshladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Kuz mavsumida to‘kilgan barglar va maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish, poytaxtda tozalik va qulay ekologik muhitni saqlash maqsadida Toshkent shahrida maxsus shtab ish boshladi.
Shtabning asosiy maqsadi toza, shinam va xavfsiz shahar muhitini yaratishdir.
Shtab tarkibiga quyidagi vakillar kirdi:
- Toshkent shahar hokimligi;
- Bosh prokuratura;
- Ekologiya vazirligi;
- Favqulodda vaziyatlar vazirligi;
- Ichki ishlar vazirligi;
- Milliy gvardiya;
- bir qator boshqa turdosh idoralar va tashkilotlar.