Sentabr oyida Toshkent shahrida o‘rtacha ijara narxi bir kvadrat metr uchun 8,5 dollarni tashkil etdi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi sharhida aytilgan.
Eng yuqori ijara stavkalari Mirobod, Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlarida saqlanib qolmoqda – 1 kv.m uchun 10,6 dollar atrofida.
O‘tgan yilning sentyabr oyiga nisbatan ijara stavkalari 1,4 foizga oshdi.
Ijaraning eng katta o‘sishi Yunusobod, Olmazor va Mirobod tumanlarida qayd etildi – o‘rtacha 4,4%.