Yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Serbiyada o‘tayotgan U-23 jahon chempionatida kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar bermoqda.

Abror Atabayev (-72 kg) finalda Eron vakiliga imkoniyatni boy berib, jahon chempionatini ikkinchi o‘rinda yakunladi.

Hojiakbar Qo‘chqorov (-55 kg) o‘tish bahsida xitoylik polvonni, bronza medali uchun kechgan bahsda eronlik sportchini mag‘lubiyatga uchratdi.