2025-yil sentyabr oyida O‘zbekistonda 7,8 mingta elektromobil sotilgan. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi sharhida aytiladi.
Bu ko‘rsatkich joriy yilning avgust oyiga nisbatan 21,6% ga oshgan. 2025-yilning uchinchi choragida sotilgan yengil elektromobillar soni 20,7 mingtani tashkil etib, shu davrda yillik o‘sish 2,2 barobarni tashkil etdi.
Eng yuqori o‘sish Toshkent va Samarqand viloyatlari hamda Toshkent shahrida qayd etildi.